Joriy yilning 7 mart kuni «Qo’ng’irot soda zavodi» MCHJ QK mehnat jamoasining jamoa shartnomasi va uning ilovalarining 2021 yilda bajarilishi bo’yicha konferentsiya bo’lib o’tdi. Konferentsiyada 2021 yilda jamoa shartnomasi va ilovalarining bajarilishi bo’yicha korxona bosh muxandisi B.Xojambergenov, kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi B.Alliyarov hamda tekshirish komissiyasi raisi P.Berdimuratovlarning hisobotlari tinglandi. Maʻruzalarda korxonaningning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari to’liq qamrab olindi.
Konferentsiyada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov so’zga chiqib mamlakatimizda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida maʻruza qildi.
Konferentsiyada korxona bosh muxandisi B.Xojambergenov hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi B.Alliyarov hodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Delegatlar 2021 yilda jamoa shartnomasi, uning ilovalari bajarilishini qoniqarli, deb topdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: