O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan joriy yil 10-11 fevral kunlari Mo’ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar dam olish va sog’lomlashtirish markazida «Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi ishlarini tashkillashtirish” mavzusida o’quv-seminar tashkil qilindi.
O’quv-seminarda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo’ng’irot tumani Kengashi tarkibidagi yangidan saylangan kasaba uyushmalari boshlang’ich tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Ularga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyida qabul qilingan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ish faoliyatining 2021-2025 yillarga mo’ljallangan strategik yo’nalishlari keng tushuntirildi. Unda ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi va unga amal qilinishi ustidan kasaba uyushmalarining jamoatchilik nazoratini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ushbu yo’nalishda oldingi tajribalarni o’rganish, xodimlarning mehnat haqilarining o’z vaqtida to’lanishining, ish beruvchilar tomonidan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoriga amal qilishining nazoratini olib borish, kasaba uyushmalarining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga oid Davlat dasturida faol ishtirok etish kabi vazifalar belgilangan.
Tadbirda shuningdek, kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari, kasaba uyushmalari faollari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi rahbarining a’zolarining tajribalarini oshirish, jamoatni harakatga keltirib tashkilotchilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish bo’yicha tavsiyalar berildi.
O’quv-seminar ishtirokchilari tadbir doirasida Mo’ynoq tumanida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar bilan tanishdi va Hokim ota qabriga ziyorat qildi.
Birlashma kengashi apparati bo’lim mudirlari tomonidan kasaba uyushma yunalishlari bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: