2025 yil 10 fevral kuni Qo‘ng’irot tumanidagi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferentsiyasi hamda jamoa shartnomasi muhokamasi o‘tkazildi. Mazkur konferentsiyada O‘zbekiston Energetika, neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bo‘lim boshlig’i F.Maxmudov, Federatsiyaning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov, “O‘zbekneftgaz” AJ HR-departamenti eksperti A.Artыkniyazov, “O‘zbekneftgaz” AJ birlashgan kasaba uyushmasi ko‘mitasi bosh mutahassisi A.Xamroev hamda boshqarma direktori o‘rinbosari M.Seytnazarovlar qatnashdi.
Jamoada 754 nafar kasaba uyushma a’zolari mavjud bo‘lib, hisobot-saylovlarning dastlabki yig’ilishlari korxona tsex jamoalarida o‘tkazilib, boshlang’ich tashkilot konferentsiyasiga delegatlar saylandi. Korxona jamoasi nomidan saylangan 44 nafar delegat ishtirokida o‘tkazilgan hisobot-saylov konferentsiyasi juda qizg’in va muzokaralarga boy bo‘ldi.
Konferentsiyada dastlab jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha korxona direktori o‘rinbosari M.Seytnazarovning hisoboti tinglandi. Ish beruvchi yil davomida xodimlarga mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilganligi, barcha xodimlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi, xodimlarni ish stajiga qarab rag’batlantirish, bosqichma-bosqich o‘qitish, korxonada bepul ovqatlanish tashkil etilganligi va maxsus kiyim-boshlar bilan ta’minlanganligini raqamlarda aytib o‘tdi.
O‘z navbatida, kasaba uyushmasining jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishida olib borgan ishlari, ekspertiza komissiyasining jamoa shartnomasi ijrosi bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Konferentsiya delegatlari tomonidan jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yuzasidan takliflar bildirildi. Jumladan, kasaba uyushma qo‘mitasiga xodimlar o‘rtasida sportning ommaviy turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam o‘tkazish takliflari bildirildi.
Konferentsiyada kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga nomzodlar muqobillik asosida ko‘rsatilib, Jumabaev Baxtiyar kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga, boshqarma katta hisobchisi A.Abdijamilov kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisligiga saylandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: