O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 1 apreldagi PF-51-son «Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi Farmoniga binoan aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash, murojatlarni ko‘rib chiqish sifatini oshirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita o‘rganish,ularning kelib chiqish sabalarni tahlil kilish, tizimli muammolarni aniklash va bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, kasaba uyushmasi a’zolarining mexnat huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish, xodimlarning mehnat munosabatlarida duch kelayotgan muammolarini ularning o‘zidan bevosita eshitish va o‘rganish, ularga malakali huquqiy maslaxat berish hamda amaliyotdagi tizimli mehnat muammolarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ul xodimlarining hududlarga chiqishi asosida «Mehnat huquklari bo‘yicha maslahat kuni» tadbirlarni tashkil etish rejalashtirildi.
Shu munosabat bilan Nukus shahrida joriy yilning 16 oktyabr kuni Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «Madaniyat uyi»da «Mehnat huquklari bo‘yicha maslahat kuni» tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.A.Jalmenov, Federatsiyaning yuridik bo‘limi mudiri H.R.Premkulov, Mehnat inspektsiyasing jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sho‘’ba mudiri G.Rzaeva hamda tarmoq Qorakalpog’iston Respublikasi, shahar va tumanlar kengashlari, boshlang’ich kasaba uyushmlari tashkilotlari raislari, kasaba uyushmasi faollari va a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tarmoqda mehnat munosabatlarida uchrayotgan dolzarb masalalar va kasaba uyushmasi a’zolarini qiynab kelayotgan muammolar, mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, ish haki va boshqa to‘lovlar, ish vaqti va dam olish vaqti, ta’tillar, intizomiy javobgarlik, mehnatni muhofaza qilish, komensatsiya va kafolatlar hamda boshqa mehnat huquklariga oid masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadbirda kasaba uyushmalari a’zolariga mehnat munosabatlarida bildirilgan muammolar sabablari hamda bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Shuningdeq kasaba uyushmalari a’zolari mehnat munosabatlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan va muammoli savollarga javob oldilar.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: