Kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot resurslarini himoya qilish hamda internet tarmog’idan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida yosh xodimlar ishtirokida kiberxavfsizlik mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi kiberprofilaktika inspektori, kapitan T.Zaripov ishtirok etib, bugungi kunda internet tarmog’ida keng tarqalayotgan kibertahdidlar va ularning oldini olish choralari xususida ma’lumot berdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga internet firibgarligi, fishing hujumlari va shaxsiy ma’lumotlarning tarqalib ketishi bilan bog’liq xavflar tushuntirildi. Shuningdek, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, murakkab parollardan foydalanish, ikki bosqichli tasdiqlashni yoqish hamda shubhali havolalarni ochmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish shaxsiy ma’lumotlar va raqamli xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Seminar yakunida axborot xavfsizligi sohasida bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, kibertahdidlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirish hamda internet tarmog’idan mas’uliyat bilan foydalanish zarurligi qayd etildi.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: