Qo’shimcha mehnat ta’tili pullari o’ndirib berildi

O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika kengashi mehnat inspektsiyasining yillik ish-rejasiga muvofiq mehnatni muhofaza qilish qonun va qonun osti hujjatlariga amal qilinishi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi o’rtasida 2021-2023-yillar uchun qabul qilingan Tarmoq kelishuvi talablarining bajarilishini jamoa nazoratini amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mehnat texnik inspektori tomonidan bir qator tibbiyot muassasalari xodimlariga 2019-2023 yillarda berilgan yillik mehnat ta’tili buyruqlari o’rganildi.

O’rganishlar davomida Tarmoq kelishuvi 3.7-bandida ko’rsatilgan ish o’rinlari attestatsiyasi bo’yicha xulosada belgilangan qo’shimcha mehnat ta’tillari xodimlarga berilmay kelgani aniqlandi.

Buning natijasida:

Respublika o’lat profilaktika markazi Qoraqalpog’iston filialining 103 nafar xodimga 400 million 895 ming so’m,
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston filialining 105 nafar xodimga 91 million 986 ming so’m,
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston filialining 122 nafar xodimga 191 million 318 ming so’m,
S.Sultanov nomidagi Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya markazining 306 nafar xodimga 164 million 641 ming so’m,
Respublika patologik anatomiya byurosi 9 nafar xodimga 66 million 502 ming so’m,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi filialining 189 nafar xodimga 162 million 904 ming so’m,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika qon qo’yish stantsiyasi 80 nafar xodimga 90 million 44 ming so’m qayta hisob-kitob qilinib ish beruvchilar tomonidan to’lab berildi.

2023 yil boshidan shu kungacha O’zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mehnat texnik inspektori P.Z.Abdiyazov ko’rsatmalari asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimidagi jami 1214 xodimning manfaatini ko’zlab ularga to’lanmayotgan 1 milliard 168 million 290 ming so’m qayta hisob-kitob qilinib ish beruvchilar tomonidan to’lab berildi.