Nukus shahrida madaniyat va sport sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ta’lim olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026 yil, 8 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda tashabbuslarini rag’batlantirishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.A.Jalmenov, Qoraqalpog’iston kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Aliev va O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi J.Ayapovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yosh mutaxassislarning o‘z sohasida faol bo‘lishi, yangi g’oyalarni ilgari surishi hamda jamoat ishlarida munosib ishtirok etishi muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o‘rni xususida fikr almashildi.
Tadbir yakunida sohada faollik ko‘rsatayotgan bir qator yoshlarga Minnatdorchilik diplomlari topshirilib, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladni.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: