Joriy yilning 27-iyun kuni «27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilarini Ӯzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisining ӯrinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Jalmenov Ulыqbek Abыlaevich va O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Ayapov Jenisbay Jarыlkaganovichlar tabrikladi.
Tadbirda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kӯlamli islohotlar, ijodkorlik ishlarini amalga oshirishda, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yulida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi xayrli ishlarida uzoq yillar davomida fidoyi xizmat qilayotgan, shuningdek yurtimiz Mustaqilligini mustaqxamlashda, xalqimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirishda qo‘shib kelayotgan hissalari hamda kasaba uyushmalari faoliyatidagi faolligi inobatga olinib bir qator matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.
O‘tkazilgan tadbirda «27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan «Amudaryo» jurnali, Qoraqalpog’iston xabar agentligi, «Qaraqalpaqstan baspasы», «Bilim baspasы», «Qaraqalpaqstan sportы», «Qoraqalpog’iston tongi», «Erkin Qaraqalpaqstan», «Qoraqalpog’iston jaslarы» gazetalarida uzoq yillar mobaynida fidoyi xizmat qilayotgan xodimlar O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasining «Faxriy yorliq»lari bilan taqdirlandi hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: