Yoshlar kelajagi — munosib mehnatdan boshlanadi!

Qoraqalpog’iston Respublikasida bitiruvchi talaba-yoshlarning mehnat huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishtirish hamda kasaba uyushmalarining o‘rni va ahamiyatini keng targ’ib qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida targ’ibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvlar “Yoshlar kelajagi — munosib mehnatdan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilib, Qoraqalpog’istondagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalarini qamrab oladi.

Ushbu uchrashuv 2026 yil 1-may sanasida, Nukus shahridagi, Samarqand davlat veterinariya, tibbiyot, farmatsevtika va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida tashkil etildi.

Tadbir doirasida yoshlar bilan:

mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlar;
birinchi ish joyidagi huquq va imkoniyatlar;
norasmiy bandlikning risklari;
yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
kasaba uyushmalarining himoya va manfaatdorlik vazifalari;
munosib mehnat tamoyillari va bandlik masalalari yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi, huquqiy bilimini mustahkamlashi va munosib mehnat tamoyillari asosida faoliyat boshlashiga, shuningdek yoshlar va kasaba uyushmalari o‘rtasida samarali muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.