Nukus shahar ta’lim tashkiloti ishlovchi xodimlar o’rtasida sport musabaqalari o’tkazildi

Nukus shahar umumiy o’rta ta’lim maktablarida ishlovchi xodimlar (erlar va xotin-qizlar) o’rtasida sportning shaxmat, shashka va stol tennis turlaridan 11 noyabr “O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bag’ishlanib shahardagi 34-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida musabaqa o’tkazildi

O’tkazilgan musabaqa natiyjalariga ko’ra:

Shaxmat turidan erlar o’rtasida 46-maktab o’qituvchisi Beliy Oleg, xotin-qizlar o’rtasida 51-maktab o’qituvchisi Ibadullaeva Gulnaz 1-o’rinni egalladi.

Shashka turidan erlar o’rtasida 28-maktab o’qituvchisi Mambetkarimov Marat, xotin-qizlar o’rtasida 44-maktab o’qituvchisi Mamutova Guljaxan 1-o’rinni egalladi.

Stol tennis turidan erlar o’rtasida 23-maktab o’qituvchisi Qazaqbaev Azamat, xotin-qizlar o’rtasida 34-maktab o’qituvchisi Qutlыmuratova Yulduz 1-o’rinni egalladi.

Musabaqa g’oliblariga O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo’linmasi kengashi tomonidan diplom va estalik savg’alari topshirildi.