O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi o‘ziga belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan joriy yilda bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Aytaylik, ishchi-xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ular uchun sog’lom turmush tarzini yaratish, majburiy mehnatning oldini olish, shuningdek, madaniy va ma’rifiy dam olishni tashkil etishda ko‘maklashishsingari qator vazifalar shular jumlasidan. Qolaversa, ijtimoiy sheriklikni kengaytirish borasida jamoat shartnomalari yuzasidan “Suenli” irrigatsiya tarmog’i boshqarmasi, G’aznachilik boshqarmasi, Qoraqalpog’iston nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi, “Qoraqalpoq suv ta’minoti” aktsiyadorlik jamiyati, “Qo‘ng’irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi, Mo‘ynoq tumani hokimligi, ASK xodimlari kasaba uyushmasi Mo‘ynoq tuman kengashi, Irrigatsiya bo‘limi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, Ellikqal’a tumani 18-sonli bolalar musika va san’at maktabi kasaba uyushmasi qo‘mitalarining 2024 yilgi ishlari batafsil o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Yana shuningdek, jamoat shartnomalarning bajarilishiga oid 2-JSh formasi bo‘yicha hisobotlar umumlashtirilib O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim qilindi.
Korxona va tashkilotlarda jamoat shartnomalarni bajarish yuzasidan ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Xususan 2023 yil yakuni bo‘yicha 6603 jamoat shartnomalari qabul qilinib, 100 foizni tashkil etdi va bu orqali 229424 nafar ishchi-xodimlar imtiyoz va kafolatlardan foydalandi. Shundan Agrosanoat majmui kasaba uyushmasi xizmatidagi 4343, yuridik tomonlarda faoliyat yurituvchi 49494, transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi sohasidagi 98, yuridik tomonlardagi 9876, shuningdek, tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohasidagi 337, yuridik tomonlarda faoliyat yurituvchi 16166, sog’liqni saqlash sohasidagi 292, yuridik tomonlarda faoliyat yurituvchi 38364, Davlat muassasalari tarmog’idagi 152 yuridik taraflarda ishlovchi 17554, Madaniyat, sport va turizm tarmog’ida 100 yuridik taraflarda ishlovchi 7796, Energetika neft-gaz va geologiya tarmog’ida 7 yuridik taraflarda ishlovchi 6905, qimyo va farmatsevtika sanoati tarmog’ida 2 yuridik taraflarda ishlovchi 1925 Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya sohasida 6, yuridik tomonlarda faoliyat yurituvchi 1714 nafar xodimlar jamoat shartnomalarda ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanib kelishganini ta’kidlash lozim.
Jamoa shartnomalari orqali 2023 yilda har bir xodimga o‘rtacha sarf qilingan mablag’ miqdori 5 mln. 324 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
Qabul qilingan jamoat shartnomalariga xodimlarga maosh to‘lash, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalar tartibini belgilash bilan bog’liq aniq normalar kiritilgan. Bundan tashqari, ushbu hujjatda mehnat xavfsizligi darajasini oshirish, sanitariya-gigiena holatlarini yanada yaxshilash, mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo‘yicha o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ish va dam olish vaqtlarini tartibga solish bo‘yicha ko‘pgina korxona va tashkilotlarda asosiy uzaytirilgan va qo‘shimcha dam olishlar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy himoyaga muxtoj kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, ayol-qizlar va yoshlarni moddiy tomondan qo‘llab-qo‘vvatlash bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2024 yil 04 mart kungi 12-18 «s» sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-qo‘vvatlash yili” dasturi asosida joriy yilning 11 oyi davomida 10417 shaxslarga jami 4 mlrd. 181 mln. 581 ming 800 so‘mlik moddiy yordamlar va qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining 2024 yil 5 avgust kungi “Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” tanlovini o‘tkazish to‘g’risida” gi 12-119 “s” sonli qaroriga muvofiq shu yilning 20 avgust sanasida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi. 1- o‘rin Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, 2-o‘rin Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda 3 o‘rin Xo‘jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nasib etdi. Bundan tashqari murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha fuqarolardan jami 64 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 30tasi qanoatlantirildi, 1tasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga va 1 murojat Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va Kambag’allikni qisqartirish vazirligiga chora ko‘rish uchun yuborildi, 15 ta murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi, 8 ta holatda ish beruvchiga taqdimnomalar kiritildi, 1 murojat o‘rganish jarayonida qanoatlandirilganligi sababli va 1 murojat murojat egasining arizasiga binoan ko‘rilmasdan qoldirildi hamda 2 murojat bo‘yicha hozirgi kunda sud jarayoni davom etmoqda va 5 murojat ish yurituvda. Natijada jami 702 million 461 ming 198 so‘m ish haqilari hamda mehnat ta’til pullari murojaatchilarga to‘lab berildi.
Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish bo‘limi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: