O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Nukus shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va «Kasaba uyushmalariga 120 yil» bayramlari munosabati bilan ichki ishlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan xotin-kizlar har biri olti kishidan iborat 12 ta guruhda o‘zora bahslashib, zakovati, bilim darajasini va bor mahoratini ifoda etishdi.
O‘yin davomida jamoalar berilgen savollarga tezkorlikda javob berdilar va etirof etildilar.
G’olib bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilar O‘zbekston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» va «Kasaba uyushmalarining 120 yil» bayramlari munosabati bilan kasaba uyushmali faoliyatida faol ishtirok etayotgan 10 nafar Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlariga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi D.Qutlыmuratova tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.






 
					 
						 
						 
						
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: