O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlarini ekish ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Prezidentimiz raxnomaligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan daraxt ekish tadbirlari samarali olib borildi. Mamlakatimizda keng ko‘lamli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik o‘tkazilib, daraxt ekish tadbirlari samarali olib borilmaoqda.
Loyiha doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tashabbusi bilan Taxiatosh tumanidagi «Aydыn jol» bolalarni sog’lomlashtirish oromgohidagi 0,5 gektar maydninigada “Kasaba uyushmalari bog’i” yaratilib, 160 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Kuzgi daraxt ekish aktsiyasi doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi xodimlari, Shuningdek, Tarmoq Kengashlari raislari, mas’ul tashkilotchilar hamda kasaba uyushma faollari qatnashdi.
Darxaqiqat, daraxtlarga mehr berish, ularni tarbiyalash eng ezgu va xayrli ish hisoblanadi. Ko‘chat ekish, bog’ yaratish, atrof muxitni asrash va ozoda saqlash xalqimizning asrlar davomida shakillanib kelayotgan milliy qadriyatlari sanaladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: