Tarmoq xodimlari o‘rtasida sog’lom turmush tarzni targ’ibot qilish, ularni sportga keng jalb etish orqali sportning ommaviyligiga erishish maqsadida Nukus shahrida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport bazasida sog’liqni saqlash xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaga tarmoq muassasalaridan 26 jamoa tarkibida 200 dan ortiq xodimlar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunida I o‘rinni Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog’iston filialы jamoasi, II o‘rinni Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologik xizmati bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasы filiali jamoasi va II o‘rinni Qo‘ng’irot tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi egallashga erishdi.
Shuning bilan birga Kubok musobaqasida «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hujumchi», «Eng yaxshi ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yaxshi o‘yinchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo‘yicha g’oliblar aniqlandi.
Musobaqa va nominatsiya g’oliblari hamda musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi kubok, medal, diplomlar va baholi sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, musobaqani tashkil etishda yaqindan yordam bergan muassasalarga O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan baholi sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: