Yozgi mavsum yakunlanishi munosabati bilan «Oq kema» oromgohida yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda dam oluvchi bolalar va bolalarning yozgi ta’tillari qiziqarli va foydali o‘tishini ta’minlagan 11 ta oromgohning barcha xodimlari ham taqdirlandi.
Bayramona tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator Ulug’bek Jalmenov, Bolalarning dam olishini va sog’lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Qoraqalpog’iston boshqarmasi boshlig’i Satbay Oteo‘liev, tuman hokimi Baxtiyor Menglibekov va boshqalar so‘zga chiqib, yig’ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilik bayrami va mavsumning chiroyli yakuni bilan tabrikladi.
Tadbirda turli oromgohlardan rahbarlar, yo‘riqchilar, etakchilar, tarbiyachilar, mutasaddi vazirlik, boshqarma mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Mavsum davomida barcha oromgohlar o‘zlarining yuksak mehnatlari va fidokorona xizmatlari orqali yosh avlodning ta’tillarini yorqin, sermazmun va xotirjam o‘tkazishga hissa qo‘shdilar.
Oromgohlar bolalarning nafaqat dam olishlari, balki o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari, yangi bilimlar olishlari va yangi do‘stlar orttirishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Mazkur mavsum davomida bolalarga qiziqarli mahorat darslari, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar taklif etildi. Barcha mehnatsevar xodimlar farzandlarimizning yozgi dam olishlarini yorqin va xotirali qilish uchun astoydil mehnat qildilar.
Tadbir davomida 11 ta oromgohlarning barcha xodimlari fidokorona mehnat ko‘rstgani uchun rag’batlantirildi. Har bir xodim o‘zining mehnati, mas’uliyati va faolligi uchun sovg’alar va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Ushbu taqdirlash marosimi yozgi mavsumda erishilgan yutuqlarni e’tirof etish va kelgusi faoliyat uchun ilhom berish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha xodimlarni ushbu mavsumni muvaffaqiyatli yakunlaganlari uchun tabrikladi va ularning kelajakda ham bolalar bilan ishlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: