G’oliblar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kungi “Salomat turmush tarzini targ’ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi PP-6099 sonli Farmoninda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi tamonidan tuman Kengashlari o‘rtasida sportning kichik-futbol turi buyicha 2024-yil 27 avgust  kuni musobaqa o‘tkazildi.

2024-yil 27-avgust  kunlari  poytaxtimizdagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti sport zalida o‘tkazildi. Musobaqa Nizomi bo‘yicha 1/8 finalga Qanliko‘l tumani, Nukus tuman, Muynoq tumani, Kegeyli tumani, Amudaryo tumani, Qorao‘zak tumani, Taxtako‘pir tumani va Sho‘manoy tuman Kengashlari o‘zaro bellashdi va g’olib bo‘lg’an 1 va 2 jamoalari keyingi bosqichga chiqishga muyassar bo‘lishdi.

27-mart kuni o‘z-aro bellashib ¼ final bosqichida Qanliko‘l, Mo‘ynoq, Amudaryo va Nukus tuman Kengashi jamoalari o‘z-aro g’oliblik uchun bellashdi.

Final bosqichida 1-o‘rinni Nukus tuman Kengashi jamoasi, 2-o‘rinni Qanlikul tuman Kengashi, 3-o‘rinni Mo‘ynoq tuman Kengashi jamoasi xodimlari egallashga muvofiq bo‘lishdi.

Musobaqa yakunida 4 ta nominatsiya bo‘yicha ham o‘yinchilar aniqlanib, ulardan «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi to‘purar», «Eng yaxshi himoyachi» va  «Eng yaxshi o‘yinchi» nominatsiyalari bo‘yicha uyinchilar aniqlanib musobaqa tashkilotchilari tamonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Musoboqada jami 84 ta xodim ishtirok etishdi. Taqdirlash marosimiga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi  Qoraqalpog’iston  Kengashi raisi R.Madreimov va tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri M.Atamuratovalar qatnashdi.