«Yangi haet uchun, Yangi O’zbekiston uchun!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbir

O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, ayniqsa, ertangi ko’nimiz egalariga manzilli ijtimoiy muhofazasini ko’chaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

11-noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2023 jыl 2-10 noyabr kunlari oralig’ida «Yangi haet uchun, Yangi O’zbekiston uchun!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o’tkazilmoqda.

Joriy yilning 8 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari va faollari bilan Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotidan xabar olindi.

Tadbirda Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o’rinbosari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov ishtirok etib, ushbu markazda tarbiyalanuvchi bolalar va unda ishlovchi xodimlarning xol ahvoli, yashash tarzi bilan yaqindan tanishib ular bilan suhbatlashdi.

Markaz 2019 yil mart oyida tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda 121 tarbiyalanuvchi bolalar 10 ta guruhda faoliyat olib borilmoqda.

Markazda ishlovchi faol xodimlarga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi Fahriy yorlig’i hamda tarbiyalanuvchi bolalarga sovg’alar berildi.

Shu kabi tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasaruffidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda.