Respublikamizning barcha hududlarida aholining keng qatlamlari o’rtasida Mustaqillik bayramiga bag’ishlab, taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblari ishtirokida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy-sport tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning jismoniy tarbiya va sport ishlar boshqarmasi bilan birgalikda mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi oldidan kasaba uyushmalariga a’zo korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari o’rtasida Qoraqalpoq davlat universitetida sportning stritbol, valeybol, banminton va stol tennisi turlari bo’yicha “Salomatlik spartakiadasi” sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari, ma’sul tashkilotchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi hamda musobaqa ishtirokchilariga muvoffaqiyatlar tiladi. Musobaqada tarmoqlardan saylandi 9 ta terma jamoadan 135 nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Kun davomida sport musobaqalari qizg’in davom etib tajribali hakamlar hay’ati tomonidan birinchi o’rinni O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tarmoq jamoasi, ikkinchi o’rinni Ӯzbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmoq jamoasi, uchinchi o’rinni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tarmoq jamoalari g’olib dep topildi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan tarmoqlar aro umumiy jamoaviy hisobda 1-,2- va 3-o’rinlarni egallagan hamda qolgan ishtirokchilar uchun diplom va sovg’alar berildi, shuningdek, eng yo’qori bal to’plab 1-o’rinni egallagan jamoa Samarqand viloyatida bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi bosqichiga yo’llanma oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: