“Biz – sportchi oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan “Biz – sportchi oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o’tkazildi.

“Biz – sportchi oilamiz” shiori ostida o’tkaziladigan oilaviy sport musobaqalari orqali ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini ommaviy sport turlari bilan shug’ullanishlarini ta’minlash,  ularni foydali va mazmunli harakatga yo’naltirish, sog’lomlashtirish hamda chiniqtirishga, jamoa bo’lib harakat qilishga o’rgatish maqsadida tashkil etiladi.

“Biz – sportchi oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi 2-sonli bolalar va o’smirlar sport maktabida tashkil etilib, bunda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Kengashi raislari va ma’sul tashkilotchilar shuningdek, tuman va shaharlardagi barcha sohalardan saylangan 9 jamoadan 27 ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari ishtiroki etdi.

Kun davomida yuqori saviyada o’tkazilgan sport musobaqalari natijalari bo’yicha birinchi o’rinni Ӯzbekiston ta’lim va fan tarmog’idan Nukus davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Xaydarov Rustam Maratovichlar oilasi, ikkinchi o’rinni Ӯzbekiston sog’liqni saqlash tarmog’idan Taxtako’pir tumani tibbiyot birlashmasidan Isenbaev Batыrjan Djanabaevichlar oilasi, uchinchi o’rinni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat tarmog’idan O’zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademiya litseyi o’quv guruhi komandiri Xudaybergenov Shavkat Saparbaevichlar oilasi g’olib bo’ldi.

birinchi o’rinni egallagan Xaydarov Rustam Maratovichlar oilasi “Biz – sportchi oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarining O’zbekiston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

G’olib va qolgan ishtirokchilar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan tayyorlangan sovg’a va diplomlar bilan taqdirandi.