2022 yilda Amudaryo tumani mahallalarida tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va xonadonlar o’rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturlar doirasida tadbirkor ayol − Tamara Yusupova rahbarlik qiluvchi “Raximboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan tumandagi 50 nafar, Qitoy OFYda 17 nafar, Besh ovul MFYda 8 nafar, Tosh qala MFYda 12 nafar va Navoiy OFY da 13 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlagan. 18 ta tikuv mashinasini 77 mln. 500 ming so’mga xarid qilingan. Shuningdek, tadbirkor hisobidan 50 mln.so’m mablag’ ajratilgan.
Ushbu ishlarni tashkil qilish uchun Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi tomonidan 132,3 mln.so’m subsidiya ajratib berildi. Shuningdek, kooperatsiyani kengaytirish hamda boshqa chekka xududlarda tikuvchilikni rivojlantirish uchun “Raximboyeva Salomat” IChK “Mikrokreditbank” ATB Mangit filiali tomonidan 250 mln.so’m imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: