Korruptsiyaga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz!

Joriy yilning 16 fevral kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida «Korruptsiyaga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, kasaba uyushmalari Respublika kengashi xodimlari, shuningdek videokonferentsiya aloqa orqali kasaba uyushmalarining shahar va tuman kengashlaridagi faollari ishtirok etishdi.

Uni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, senator Jalmenov Ulikbek boshqarib bordi.

Uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokurorining katta yordamchisi Gulistan Aleuova o’z bayonati bilan ishtirok etdi.

G.Aleuovaning ta’kidlashicha, shiddat bilan o’zgarayotgan zamonda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirishga qaratilgan islohotlar ko’lami kengayib bormoqda.

Asosan, so’ngi yillarda davlatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi ko’rashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha tarmoqlarida korruptsiogen faktorlarga chek qo’yishga qaratilgan keng turdagi islohotlar davom ettirilmoqda.

Shu kabi islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda, Respublikamizdagi tashkilotlarda korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlarning avj olib borayotganligini ham ta’kidlab o’tish kerak.

G.Aleuova o’z bayonatida korruptsiyaga bog’liq bir nechta misollarni keltirib, bu illatga qarshi kurashish, shu kabi huquqbuzorlik va jinoyatlarning oldini olishda prokuratura tomonidan amalga oshirilgan bir qator ishlar to’g’risida keng tuxtalib o’tdi. Shuningdek ma’ruza yakunida kelgusida yuqorida qayd etib o’tilgan holatlardan tegishli xulosa chiqarib, korruptsion jinoyatlarni oldini olish borasida samarali chora-tadbirlar belgilab olishimiz zarurligini aytib o’tdi.