«O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan ochiq muloqot

Har yili «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Mehnat jamolarida har turli mazmundagi madaniy-ma’rifiy, targ’ibot, madaniy dam olish tadbirlari, sport sog’lomlashtirish musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining «Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari» degan g’oya ostidagi chora-tadbirlar dasturi doirasida O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari G.Toxtaevaning 2024 yil 7 noyabr kuni Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti majlislar zalida  O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatini boshlanganligining 120 yilligi oldidan hamda 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan kasaba uyushma faollari  va tibbiyot xodimlari  bilan “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.

«Ochiq muloqot»da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri o‘rinbosari T.Sarыbaev, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova hamda kasaba uyushmalari faollari, kasaba uyushma faxriylari, meditsina xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan «Ochiq muloqot»da sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari tomonidan tibbiyot muassasalari xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini va mehnatini himoya kilishda amalaga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tilib, o‘z ora fikir olmashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda tarmoq kasaba uyushmalarida salmoqli mehnat qilgan bir qator faxriylar hamda bugungi kunda samarali mehnat qilayotgan kasaba uyushma faollari O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Tashakkurnoma,  Faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi

Shuningdek, tadbirda bir qator tibbiyot xodimlariga bayram munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llamalar topshirildi.