O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgust kungi PQ-5227-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yili faoliyatini boshlagan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasiga oliy ma’lumotli etuk kadrlarni tayyorlab berish maqsadida o‘z faoliyatini boshlagan.
Hozirgi kunda, mehnat munosabatlari yo‘nalishida malakali mutahassis kadrlarni tayyorlash nafaqat O‘zbekistonda, balki, rivojlangan davlatlarda ham muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi.
Kasaba uyushma organlarining Akademiyada 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini keng jamoaga targ’ibot qilish va oliy mutahassislikga ega kadrlarga muhtojligi bo‘lgan xodimlarni o‘qitishni rejalashtirgan tashkilotlar bilan ishlash belgilanganligi munosabati bilan, shu yilning 17 may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasiga Akademiya Xodimlar bo‘limi boshlig’i Bozorboev Xusan Turabekovich va Akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig’i Xoliqov Toshpulat Suyunovichlar oliy ta’lim muassasalari, o‘rta-mahsus ta’lim tashkilotlari vakillari, xalq ta’limi vakillari, abiturentlar, kasaba uyushma faollari va yirik korxona va tashkilotlar vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiyada bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar va 2024-2025 o‘quv yillari uchun kunduzgi, sirtqi ta’limning bakalavr yo‘nalishiga abiturientlarning Akademiyaga hujjat topshirishi bilan bog’liq bo‘lgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga davra suhbati ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: