20-fevral kuni U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2022-2024 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish buyicha mehnat jamoasining konferentsiyasi bulib o‘tdi, konferentsiyada Markazning bosh shifokori E.R.Abdullaev va kasaba uyushma ko‘mitasi raisi B.Abdijamilovalarning hisobotlari, ijtimoiy mehnat komissiyasining dalolatnomasi eshitildi. Konferentsiyada O‘zbekiston Sog’likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova ishtirok etdi.
Shuningdek, Respublika ftiziatriya shifoxonasida 2022-2024 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish buyicha mehnat jamoasining yig’ilishi bulib o‘tdi, yig’ilishda shifoxonaning bosh shifokori Z.N.Tigay va kasaba uyushma ko‘mitasi raisi B.Koshkinbaevalarning hisobotlari, ijtimoiy mehnat komissiyasining dalolatnomasi eshitildi. Yig’ilishda O‘zbekiston Sog’likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi hisobchisi E.Kurbanov ishtirok etdi.
Shu kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy markazi Qoraqalpog’iston filialida 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi va 2024 yil uchun qo‘shimchalar kiritish buyicha mehnat jamoasining konferentsiyasi bulib o‘tdi, konferentsiyada filialning direktori G.Ashirbekova va kasaba uyushma ko‘mitasi raisi K.Madiyarovlarning hisobotlari, ijtimoiy mehnat komissiyasining dalolatnomasi eshitildi. Konferentsiyada O‘zbekiston Sog’likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashing Qoraqalpog’iston Respublikasi buyicha mehnat texnik inspektori P.Abdiyazov ishtirok etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: