Ma’rifat soati o’tkazildi

19-noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi majlislar zalida “18-noyabr O’zbekiston Respublikasi bayrog’ining qabul qilinganligining 30 yilligi» va O’zbekiston kasaba uyushmallari Federatsiyasi kengashi raisi Qudratilla Mirsagatovich Rafikovning “Mening Prezidentim” kitobining prezentatsiyasi bo’yicha ma’rifat soati o’tkazildi.

Ma’rifat soatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi lektori Ayapov Sharapatdin, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator Ulugbek Abыlaevich Jalmenov va O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Qoraqalpog’iston respublikasi bo’yicha ma’sul tashkilotchisi Rustam Abduraximovich Abduraxmanov ishtirok etdi.

Ma’rifat soatida Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi lektori Sh.Ayapov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi, senator U.Jalmenovlar kun tartibidagi masala bo’yicha ma’ruzalar etdi.

Ma’rifat soati sungida O’zbekiston kasba uyushmallari Federatsiyasi kengashi raisi Q. Rafikovning “Mening Prezidentim” kitobi ishtiroqchilarga tarqatildi.

Ma’rifat soatiga Nukus shahar umumta’lim maktablari kasaba uyushma qo’mitalari raislarning 38 nafari ishtiroq etdi.

Ma’rifat soatini Nukus ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi shahar kengashiningg raisi Z.Esenbav ochdi va olib bordi.