Kasaba uyushmalari haftaligi

11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini nishonlash arafasida e’lon qilingan “Kasaba uyushmalari haftaligi” munosabati bilan joriy yilning 9 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida professor-o’qituvchilar, fahriylar, talabalar va kasaba uyushmasi faollari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarni universitetning ma’naviyat va yoshlar bilan ishlashish masalalari bo’yicha prorektori – S.Alauatdinov boshqarib bordi. Seminarda ijtimoy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori, universitet faxriysi M.Yakubov kasaba uyushmalari asosiy faoliyati, hozirgi kundagi o’rni, davlatimiz turmushidagi olib borayotgan ishlari, universitet kasaba uyushmasi ishlari haqida ma’ruza etdi.

Seminarda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi o’rinbosari M.Daniyarov, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi R.Abduraxmanov, universitetning fahriylar kengashi raisi B.Abdikamalov, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo’linmasi kengashi raisi Z.Esenbaevlar so’zga chiqib, 11 noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayramning ahamiyati haqida ta’kidlaganlar. Amaliy seminar sungida kasaba uyushmasi faollari «Faxriy yorliq»lari va esdalik sovg’alari bilan takdirlandi.