Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining talaba yoshlarga ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

Tadbir O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning “Millat Shavkati” kitobi taqdimotiga bag’ishlandi.

Joriy yilning 15-sentyabr’ kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida, O’zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi bosh mutaxassisi Nazarov Nodirbek Askarovich va O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi Seytnazarov Yerg’ali Yerjanovichlar boshchiligida o’tkazildi.

Ma’rifiy uchrashuvda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub asarga bag’ishlangan ma’ruza tinglandi.

Nodirbek Nazarov kitobda ilgari surilgan milliy o’zlikni anglash, tarixiy xotirani e’zozlash va Vatanga sadoqat g’oyalarining bugungi kun uchun ahamiyatiga alohida to’xtaldi. Shuningdek, so’nggi o’n yillikda mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar va barcha sohalardagi ijobiy yangilanishlar haqida fikr yuritildi.