Xodimlar uchun sayoxat tashkil etildi

Joriy yilning 1-3 may kunlari O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpogiston kengashi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun Jizzax viloyatining Zomin tumani hamda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil qilindi.

Sayoxat davomida sayohatchilar Zomin qo‘riqxonasi, osma ko‘prik va Zominning boshqa so‘lim joylariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, sayohatning ikkinchi kunida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga sayohat qildilar. Sayohatchilar ikki kunlik sayohatdan mamnun bo‘lib, sayohatni tashkil qilganlarga o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar.