Sportning kichik futbol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Qoraqolpog’iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida sportning kichik futbol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

“O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqasida To‘rtko‘l, Nukus, Xo‘jayli, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahri obodonlashtirish boshqarmalari, Qoraqalpog’siton Respublikasi. Toza hudud DUK, Obodonlashtirish Departamenti, Nukus shahar 1 va 2 son Politexnikumi jamoalari jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Murosasiz va qizg’in o‘tgan musobaqada To‘rtko‘l tuman obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi 1 o‘rin, Xo‘jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasi 2 o‘rin va Taxiatosh tuman obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi 3 o‘rinni egalladi.

Musobaqa g’oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.