Joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining 3 Ijroiya qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov olib bordi. Unda Qoraqalpog’iston Kengashi rahbariyati, apparat xodimlari, Ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamda tarmoq mas’ul tashkilotchilar, Respublika Kengashlari, birlashgan qo‘mita, tarmoq shahar (tuman) kengashlari, boshlang’ish kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari ishtirok etdilar.
Majlis davomida kun tartibiga kiritilgan 9ta muhim masalalar, jumladan Jamoat shartnomalarning 2025 yilda bajarilishiga oid 2-JSh formasi bo‘yicha hisobotlar yakunlari, Beruniy tumanidagi kasaba kasaba uyushmalari tashkilotlarida Ustav talablari bajarilishiga oid amalga oshirilgan ishlar, Qoraqalpog’iston Kengashining tahrir komissiyasi va boshqa masalalar to‘g’risida atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: