Avval xabar qilinganidek kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviy va ma’rifat markazi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 17-18 may kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida «Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz» shiori ostida o’tkazilayotgan Respublika esselar tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 10 ta oliy ta’lim muassasidan 3 nafardan, jami 30 nafar talaba qatnashdi. Ikki yarim soat davomida ishtirokchilar «Yangi O’zbekiston mening tasavvurimda» mavzusida o’z ijodiy qobiliyatlarini yozma shaklda sinovdan o’tkazdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ijodiy ish odilona baholandi. Natijalarga ko’ra Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Kalbaeva Gulchehra Polat qizi birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, ikkinchi o’rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali 2-bosqich talabasi Sherimmatova Aziza Muzaffar kizi, Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich talabasi Gapparova Gulyor Ulug’bekovna uchinchi o’rinni egalladi.
G’oliblar va o’larning ustozlari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan zamonaviy smart telefonlari va darajali diplom bilan taqdirlandi. Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyat qozongan mazkur 3 nafar talaba 24-27 may kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: