Joriy yilning 27-aprel kүni, Ajiniyaz nomidagi Nukus pedagogika institutida 28 aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan «Sog’lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik» mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Tadbir, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashining tashabbusi bilan o‘tkazilib, ushbu tadbirda O‘zbekiton kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpog’isto Respublikasы Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Qoraqalpaqston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, «Uzbekinvest» eksport-import sug’urta kompaniyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali hamda korxona, muassasa va tashkilot xodimlari qatnashmoqdalar.
Tadbirning ochilishi, 2026 yil 27 aprel kүni boshlanib, tadbir qatnashchilari mehnatni muhofaza qilish sohasida foydaladigan ko‘rgazmalar bilan tanishib, so‘ng Ajiniyaz nomidagi Nukus pedagogika institutining majlislar zalida 28-aprel «Butuxjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan davra suhbatiga qatnashmoqda.
Davra suhbatining maqsadi, Sog’lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylash bo‘lib, sog’lom psixologik-ijtimoiy ish muhiti – jamoadagi munosabatlar, ish sharoiti vau mumiy ruhiy atmosferaning jamlanmasi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda qorxona va tashkilotlar oldida katta vazifalar mavjud. Lekin etiborni qaratish joyiz bo‘lgan holatlardan biri – har qanday samaradorlik ortida inson mehnati borligin unutmaslik lozim. Agar inson o‘zini ishi joyida baxtli his qila olmasa, yuqori natijalarga erisha olmaydi.
Agar ish o‘rnida barcha uchun qulay muhit yaratilgan bo‘lsa, bir qator samaradorliklarga erishish mumkin. Husuan, ish unumdorligi oshadi, xodimlar orasida ishonch mustahkamlanadi, stress va charchoqlar kamayadi. Shuningdek, bunday muhit yaratuvchanlikni rag’batlantiradi va yangi idealarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.
Albatta, bunday muhit o‘z-өzidan paydo bo‘lmaydi. Buni yaratishda administratsiyaning o‘rnы juda qatta. Administratsiya adolatli, ochiq va qo‘llab-quvatlovchi bo‘lishi lozim. Xxodimlarning fikrini tinglashi, ularni rag’batlantirishi va muammolarni o‘z vaqtida hal qilishi shart.
Davra suhbati yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Prezidiumining 2017 yil 20 noyabrdagi 8-108 «s» sonli qaroriga asosan, mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoaviy nazoratni tashkil etish bo‘yicha Respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida g’olib bo‘lganlar qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: