Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-sonli qarori ijrosi doirasida mehnat muhofazasiga bag’ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi mehnat texnik-inspektori B.Utepbergenov Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash vazirligining davlat mehnat texnik inspektorlari M.Tajetdinov hamda D.Bazarbaevlar qarorning asosiy mazmuni bo‘lgan ya’ni «Korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini va mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish» tartibi, «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash,» «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish» hamda «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil» to‘g’risidagi yangi nizomlarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga tatbiq etish, korxonalarda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yangi O‘zbekistonda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining profilaktikasi hamda xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada tizimli ravishda kuchaytirishni davom ettirish;
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mehnat muhofazasini boshqarish tizimini joriy etish, qonunchilik talablariga rioya etish va xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur seminar xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: