Joriy yilning 18-19-mart kunlari “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori asosida Qoraqalpog’iston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang’ich tashkilotlar raislari uchun ikki kunlik o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida:
-kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish
-xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish
-tizimdagi islohotlar mazmuni
bo‘yicha muhim va amaliy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurib, ilg’or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutining sertifikatlari va seminarga faol ishtirok etgan boshlang’ich tashkilotlar raislariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashining tashakkurnomalari topshirildi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: