8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan joylarda sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi ommaviy sport tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilning 5-6 mart kunlari Nukus shahridagi 17-, 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari sport bazasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Ushbu musobaqada shahar bo‘linmasi tarkibidagi ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg’in bahs va o‘zaro murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bellashuvlar xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g’alabaga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy ruhini mustahkamladi. Barcha ishtirokchilar o‘zining g’alabasi uchun mas’uliyat bilan, ahil va uyushqoqlikda harakat qildilar.
Musobaqa yakunida g’oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar va jamoalar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir nafaqat bayram sovg’asi, balki xodimlarning salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: