O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Taxiatosh tumani bo‘linmasining II konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada boshlang’ich tashkilotlardan saylangan 38 nafar delegat, ish beruvchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Konferentsiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Qoraqalpog’iston Respublikasiga biriktirilgan vakil Sultonov Baxodir Fozilovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudirasi Ilmuradova Gulnara Reypnazarovna, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Abduraxmanov Rustam Abduraximovich, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Tadjimuratov Sharafatdin Dao‘letbaevichlar ishtirok etishdi.
Konferentsiya kun tartibiga kiritilgan sakkizta masala ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisi S.Bekimbetova O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Taxiatosh tuman bo‘linmasining 2020 yil iyul oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan davr davomidagi faoliyat yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g’risida 5 yillik hisobotini topshirdi. Konferentsiya ishida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Taxiatosh tuman bo‘linmasining o‘tgan 5 yillik faoliyati delegatlar tomonidan qoniqarli deb baholandi.
Konferentsiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Taxiatosh tuman bo‘linmasi Kengashi raisi va Kengash tarkibini va taftish komissiyasini saylash masalalari ko‘rib chiqildi. Kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi raisi lavozimiga saylovlar muqobillik asosida va yopiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra 86,8 foiz ovoz bilan Bekimbetova Sayyora Seytimovna O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Taxiatosh tuman bo‘linmasi kengashi raisi lavozimiga saylandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: