ShAXMAT – AQL VA MATONAT MAYDONI

2025 yil 18-aprel kuni Nukus shahri Yoshlar Markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qaror asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” shaxmat musobaqasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari A.Qalbaev, O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limining ijrochi direktori Z.Abipov, shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi va musobaqa ishtirokchilariga muvoffaqiyatlar tiladi.

Bellashuvlar Xalqaro shaxmat federatsiyasining amaldagi qoidalari asosida, rapid yo‘nalishida ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi. Har bir musobaqa 7 turda shveytsarcha tizimda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga o‘yin oxiriga qadar 10 daqiqa vaqt berildi, birinchi yurishdan boshlab har yurishga 2 soniyadan vaqt qo‘shib borildi.

Musobaqaning hal qiluvchi, yakuniy bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g’oliblikni qo‘lga kiritgan 52 nafar intellektual salohiyat egalari Respublika bosqichiga yo‘llanma o‘zaro kuch sinashdi. Har bir yurish, har bir qaror shaxmatning aql va matonat maydoni ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Kun davomida sport musobaqasi qizg’in davom etib tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’oliblar aniqlandi.

Bunda:

Ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Chimboy tumani iqtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchi Bekmuratova Gulsauir Djalgasbaevna, 2-o‘rinni To‘rtko‘l tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Doschanova Sadokat Allambergenovna, 1-o‘rinni Taxiatosh tumani sport maktabi murabbiyi Toraeva Ayna Orazmuxammedovna qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rinni Nukus shahar 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi Dilimbetov Salamat Kdыrbaevich, 2-o‘rinni «Qoraqalpoq suv ta’minoti» AJ Bo‘zatov filiali rahbari Baltabaev Murat Jumabaevich, 1-o‘rinni Kaypanov Rustem Perdebay ug’li egalladi.

G’olib va sovrindorlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Birinchi va ikkinchi o‘rin g’oliblari 28-30 aprel kunlari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqasida bellashadi.