14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseyida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi R.Madreymov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi B.Bekmuratovlar ishtirok etib, Qurolli Kuchlarning harbiy-jangovar qudratini oshirish hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalik naqadar muhimligi shuningdek, O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, zamonaviy salohiyatlari haqida so‘z yuritdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: