“Kasaba uyushmalari inson manfaatlari yo’lida” atamasida 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” belgilandi

Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo’lgan e’tibori natijasida mana ikki yildirki mamlakatimizda 11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”ni belgilash doyrasida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan » Yangi haet uchun, Yangi O’zbekiston uchun!» g’oyasi doirasida shu yilning 9 noyabr kuni Qoraqalpog’iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublika rahbarlari, mehnat fahriylari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi A.Orыnbaev tadbir ishtorokchilarini bayram kuni bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federaiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qo’mita raislari hamda vazirliklar ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2023 yil ish rejasiga shuningdek, «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» chora tadbirlariga muvofiq kasaba uyushmalari Ustav talablaridan kelib chiqib bir qator ishlar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aytib o’tildi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan bir qator faollar davlat mukofati bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini ta’minlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda o’zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko’rsatgan mas’ullarni munosib rag’batlantirish maqsadida  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla raisi” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Begjanov Baxadir Qosыmbetovich – Kegeyli tumani, “Mәdeniyat” mahalla fuqarolar yig’ini raisi, “Eng yaxshi sektor rahbari” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Masharipov Baxrom Ibragimovich – Taxiatosh tumani prokurori, 2-sektor rahbari, “Eng yaxshi yoshlar etakchisi” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Otamuratov Jasurbek Qurbanboy ulы – Amudaryo tumani “Qilichboy” ovul fuqarolar yig’ini yoshlar etakchisi, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Ibraimova Guljaxan Temirxanovana – “Nazarxon” ovul fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Nurekeev Xamid Polatovich – Amudaryo tumani “Bobur” mahalla fuqarolar yig’ini profilaktika inspektori, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichi ishtirokchisi Abdiramanova Shaxzada Nietbaevna – Nukus shahri “Shыmbay shayxana” mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchilarining har biri – 30 million so’m bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”ni bayrami munosabati bilan vatanimiz rivoji va uning qudratini oshirish yo’lidagi ishlarda faol qatnashgan, mexnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasaba uyushmalarining obrosini oshirishga munosib hissa qushib kelayotgan bir qator xamyurtlarimiz Ӯzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi – Madreymov Raxman Polatovich hamda Nukus shahri 6-sonli umumta’lim maktabining rus tili va adabiyoti, tarbiya fanlari o’qituvchisi, kasaba uyushma qo’mitasi raisi – Allamuratova Nurjamal Berdibekovnalar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom nishoni” ko’krak belgisi bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda aholi turmush darajasini oshirishga, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga hamda ularning salomatligini tiklashga, madaniyat va sportni rivojlantirishga, kasaba uyushmalari faoliyatidagi faolliklari uchun bir qator faollari hamda mehnat fahriylariga Fahriy yorliqi hamda sovg’alar berildi.

Tadbir davomida san’atkorlar ijrosida kontsert dasturi bilan davom etti.