«Kasaba uyushmasi kuni» munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davalat universitetining kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizning fayzli joylaridan birida 11-noyabr «Kasaba uyushmasi kuni» bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a’zosi, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi раиси U.Jalmenov, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari, fakultetlar kasaba uyushmasi rahbarlari va kasaba uyushmasi faollari qatnashdi.

Tadbirni Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov kirish so‘z bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini 11-noyabr – «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» xalqaro bayram bilan tabrikladi. Rektor tabrigidan keyin, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kaengashi раиси U.Jalmenov, so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Tadbir San’atshunoslik fakulteti jamoasi tarafidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.