Jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

Joriy yilning 27 mart kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi so’v xo’jaligi vazirligi huzuridagi Beruniy Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi mehnat jamoasining jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo’yicha majilisi bo’lib o’tdi.

Majilisda 2022 yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarining bajarilishi bo’yicha ish beruvchi va boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raislari hisobotlari tinglandi.

Majilisda O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlarni Kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha mas’ul tashkilotchisi E.Seytnazarov qatnashdi.