«Ishonch» hamda «Ishonch-Doverie» gazetalari tahririyatining o’z muxlislari bilan uchrashuvi

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch» hamda «Ishonch-Doverie» gazetalari tahririyati tomonidan 2022 yil 31-oktyabr kuni Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”ning majlis zalida mahaliy matbuot muharrirlari, jurnalistlar, kasaba uyushmalari xodimlari, faollari va muxlislar bilan ochiq muloqot, oshkora fikr tarzida «Ishonch» hamde «Ishonch-Doverie» gazetalarining Qoraqalpog’iston Respublikasida kunlari» ijodiy uchrashuvi o’tkazildi.

Uchrashuvni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashining Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova kirish so’zi bilan ochib va o’z so’zida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch» gazetasining yurtimiz mustaqilligi bilan tendosh ekanligini, ushbu davrda gazeta yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, katta  loyihalarining bajarilishi bilan tanishish, kasaba uyushmalari harakatining rivojlanishiga, kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlarni keng ommaga etkizishda katta hissa qo’shib kelayotganligiga aloqida to’qtab o’tdi.

Uchrashuvda “Ishonch» gazetaning bosh muharrirning o’rinbosari Botayarov Turdikul Suvonovich so’zga chiqib, keyingi uch yil davomida yurtimizdagi o’zgarishlar, amalga oshirilgan ishlar va qo’lga kiritgan muvafaqqiyotlar, oldimizda to’rgan maqsadlar to’g’risida, shuningdek O’zbekiston kasaba uyushmalaridagi o’zgarishlar, “Ishonch” gazetasining bosib o’tgan yo’li, tarixi hamda yurtimizda davlat tomonidan ommaviy axborot vositalariga katta e’tibor qaratilganligi, jurnalist etikasi, tahririyat a’zolarining kelajakdagi vazifalari va 2023 yilga “Ishonch” gazetasi obunasi tartibi va qoidalari to’g’risida keng so’z yuritdi.

So’ng, gazeta tahririyati tomonidan ishtirokchilar o’rtasida qiziqarli viktorina tashkil etilib, viktorina yakunida g’oliblarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Shu bilan birga, tadbir ishtorkochilarga siyosatshunos Q.Rafikovning «Mening Prezidentim» nomli kitobi sovg’a etildi.

Uchrashuvda ijodiy chekinishlar bo’ldi, munazarali turda o’tkazilib, ishtirokchilar kelajakta gazetaning yanada qiziqarli, ommaviyligin ta’minlashga qaratilgan fikr va takliflarini bildirdi va savollariga javoblar oldi.

Tadbirda xududiy gazetalarining bosh muharrirlari, Qoraqalpog’iston teleradiokompaniyasi hamda keng jamoatchilik vakillari va kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.