O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashida «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida Qoraqalpog’iston Kengashi tizimidagi kasaba uyushma faollari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida Prezidentimizning “Inson qadri uchun” g’oyasini hamda “Inson – jamiyat – davlat” degan metodologik yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirish lozimligi alohida ta’kidlanib, “Adolatli fuqarolik jamiyati” va “O’zbekiston huquqiy davlat” masalalari hamda 2 ta tarixiy tashabbus – Konstitutsiyaviy qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o’tkazish hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendum yo’li bilan qabul qilish tashabbuslari ilgari surilganligi alohida takidlanib, mazkur davra suhbati orqali joylarda mehnat jamoalari o’rtasida targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish bo’yicha topshiriqlar hamda konstitutsion islohotning mazmun-mohiyati ochib berish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: