2022 yil 25 mart kuni «Taxiatosh IES» AJ da jamoa shartnomalarining 2021 yilning bajarilishi yakunlariga bag’ishlangan mehnat jamoatinig konferentsiyalari bo’lib o’tdi.
Konferetsiyada O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosari S.Tuxtaev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o’rinbosari M.Daniyarov, «Taxiatosh IES» AJ direktori F.Xalilaev, «Taxiatosh IES» AJ moliya bo’limi mudiri R.Djumaniyazov, «Taxiatosh IES» AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi N.Abdullaevlar qatnashdi.
Konferetsiyani «Taxiatosh IES» AJ direktori F.Xalilaev va kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi N.Abdullaevlar jamoa shartnomaning 2021 yilda bajarilishi bo’yicha hisobati tinglandi.
Hisobotlarda jamoa shartnomalar orqali aktsiyadorlik jamiyatlari jamoa shartnomasi orqali korxona ishchi-xodimlarining daromadlari oshirilishiga, ular uchun munosib mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilanishiga, ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy masalalarda va mehnat sohasiga oid normativ-xuquqiy hujjatlarni takomillashtirishda ish beruvchi bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish. Xodimlarning mehnatini muxofaza qilish, ya’ni ishlab chiqarish tsexlarida ular uchun echinib-kiyinish, yuvinish va ovqatlanish xonalari bilan ta’minlash, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari bilan ta’minlash, og’ir va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan ishchi-xodimlarni sut va yuvinish vositalari bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilganini va bu borada ijobiy ishlar amalga oshirilganini aytib o’tdi.
Mehnat jamoasining Konferetsiyaga qatnashgan O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosari S.Tuxtaev so’zga chiqib, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ustuvor yo’nalishlari va ular asosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar to’g’risida mehnatkashlarga batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: