O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 yil 22 aprel kuni Qonliko’l tumanida “Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida olib borish” mavzusidagi o’quv-seminari tashkil etildi.
O’quv-seminarda tarmoq kasaba uyushmalaridan 55 nafar yangidan saylangan boshlang’ich kasaba uyushma qo’mita raislari ishtirok etti.
O’quv-seminar dasturiga asosan: Kengash tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova “Kasaba uyushmalari xodimlarining potentsialini oshirish”, “Kasaba uyushmasi qo’mitasi faoliyatini rejalashtirish”, “Boshlang’ich tashkilotlarda o’z qarorlari, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning ijrosini monitoringini olib borish”, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudiri P.Toremuratov “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o’rni”, “Jamoa kelishuvlari va shartnomalarini qabul qilish, amalga oshirish, ijrosini ta’minlash”, Kengash jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari buyicha bosh mutaxassisi O.Urazbaev “Kasaba uyushmalarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning tartibi”, mehnatti muhofaza qilish bo’yicha etakchi mutaxassisi S.Orazыmbetov “Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo’yicha jamoatchilik nazoratini olib borish” “Baxtsiz hodisalarning oldini olish” mavzularida nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
O’quv-seminar yakunida ishtirokchilar o’zaro fikr almashishdi va o’quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: