Sport musobaqasi o’tkazildi

9 aprel “Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo’linmasi kengashi tomonidan 2022 yil 8 aprel kuni sportning stol tennisi va badminton turlari bo’yicha shahardagi 32-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida tarmoq muassasalarida ishlovchi xodimlar o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

Musobaqada 74 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Musobaqa yakunida tashkilotchi tomonidan g’oliblar va sovrindorlarga diplomlar va qimmatbaho estalik sovg’alari topshirildi.