Jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilish bo’yicha umumiy yig’ilishi o’tkazildi

Joriy yilning 28 mart kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasida jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilish bo’yicha umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda boshqarma boshlig’i A.Davletov, kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi E.Qosbaevlarning hisobotlari tinglandi.

Xodimlar o’rtasida mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy manfatlarini himoyasi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatligining boshqa xil shikastlanishi oldini olish, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha xodimlarga maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari va gigiena vositalari bilan ta’minlash, mehnat va dam olish tartiblari, imtiyozlar va kompensatsiya to’lovlari, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalariga bo’lgan talablarga qanday amal qilinayotganligi, xodimlarning mehnat xuquqlarini himoya qilishni ta’minlab, ularning malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi to’lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish.

2021 yil davomida boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolarining bolalari Muynoq tumanidagi “Aq keme” va Ellikqal’a tumanidagi “Orol bollari” yozgi dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlarida sog’lomlashtirildi.

Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolariga Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Umit gulshani” sanatoriysi, Bo’stonliq tumanida joylashgan “Oq-tosh” sanatoriysi va Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zomin” sanatoriylariga boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti hisobidan yo’llanmalar olib berildi.

Yig’ilishda O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi S.Oteo’liev so’zga chiqib bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyati, shuningdeg kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda oldimizda turgan vazifalar to’g’risida aytib o’tdi.

Yig’ilish yakunida yig’ilish ishtirokchilari tomonidan o’z-aro fikir olmashuvlar, savol-javoblar, takliflar va suhbatlar bo’lib o’tdi.