Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan «Istiqlol» bolalar dam olish maskanida ham keng nishonlandi

Yasharish va yangilanish bahoriy uyg’onish timsoli, milliy o’zligimiz ko’zgusi, ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi bo’lgan Navro’z olam barcha sohalarda, dala va bog’larda, maydon va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, barcha mahallalarda bayram navolari yangramoqda.

Shu bilan birga, 2022 yil 20 mart kuni O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi ham «Istiqlol» bolalar dam olish maskanida xalqimiz uchun tashkil etilgan bayram sayillarida, milliyligimiz timsoli bo’lgan o’tov o’rnatilib, bayramga mos bezatildi, atirofida yoshi ulug’ va yoshlar bilan to’la bo’lishi bayram kayfiyatini paydo etdi. Keng dasturxonda bahor ne’matlari, milliy taomlar, har hil buyumlar ko’rgazmasi yig’ilganlarga havola etildi.

Shunday erta tongdan boshlangan Navro’z sayili kun bo’yi davom etdi.

Respublikamizning barcha shahar va tumanlarida «Navro’z» bayrami sayillarida kasaba uyushmalari o’z hissalarini qo’shib, tadbirlar kutarinki ruxta o’tkazildi.