2025-yilning 16 aprel kuni tarmoq davolash profilaktika muassasalari hamshiralari o‘rtasida “Hamshira-2025” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazilib, unda ko‘rik-tanlovning 1-bosqichining 1 o‘rin g’oliblari ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlovining yakuni bo‘yicha 1 o‘rinni Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi M.Marksova, 2 o‘rinni Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi M.Otebaeva va 3 o‘rinni U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamshirasi J.Joldasbaevalar egalladilar.
“Hamshira-2025” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichining 1-,2-,3-o‘rin g’oliblari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi bilan birgalikdagi tegishli darajadagi diplomlari va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga O‘zbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi tomonidan sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: