O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha oilalar, sinflar, mehnat jamolari va hududlar orasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o’tkazish belgilab berilgan.
Ushbu topshiriq yuzasidan tibbiyot muassasalari xodimlarini jismoniy faolligini oshirish, salomatliklarini mustahkamlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2023 yil 13 sentyabrdagi “Tibbiyot muassasalari xodimlari orasida “Sog’liqni saqlash vaziri kubogi -2023” sport musobaqalarini tashkil qilish to’g’risida”gi qo’shma qarorini bajarish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasы sog’liqni saqlash vazirligi hamda O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining qo’shma qarori asosida joriy yilning 28-sentyabr kuni Nukus shahrida Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyatlik salomatlik texnikumi sport bazasida tibbiyot muassasalari xodimlari orasida ”Sog’liqni saqlash vaziri kubogi-2023” sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi sportning mini-futbol, shashka, shaxmat va stol tennisi tүrlari bo’yicha o’tkazildi.
Sport musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida tibbiyot muassasalaridan 15 jamoa tarkibida 230 dan ortiq xodimlar ishtirok etdilar.
Sport musobaqalari yakunida har bir sport turi bo’yicha g’oliblar Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining birgalikdagi tegishli darajadagi diplomlari, medallari va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: